Qarshi shahridagi 23-maktab direktori o‘qituvchilarga o‘quvchilar formasi uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma berdi. “Nimchasi bo‘lmasa, darvozadan chiqarib yuboraman, menga formasiz o‘quvchi kerak emas”, — dedi u. Maktab ta’limi boshqarmasi direktor jarimaga tortilgani va bunday holatni keskin qoralashini bildirdi.
Fransiyaning Beze shahrida maktab formasini kiyish bo‘yicha hukumat tajribasi boshlandi. Rasmiylar bu tengsizlikni kamaytirishga yordam beradimi yoki yo‘q, shuni tekshirmoqchi. 1968-yildan beri fransuz maktablarida forma kiyish majburiy emas.
Kembrij universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, maktab formasi bolalarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan qizlarning harakatchanligini cheklashi mumkin. Olimlar buni yubka yoki ko‘ylakda faol o‘yinlarda qatnashish qizlar uchun noqulay ekani bilan bog‘laydi.
Navoiy shahridagi 6-maktabda o‘qituvchi krossovkada kelgan bolalarga tanbeh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga sport poyabzalida kelmasligi kerak, degan talab mavjud emasligini bildirdi.
O‘qituvchilarni bir xil kiyintirish tashabbusi hokimlikning o‘zidan chiqqan, biroq bu forma majburiy emas, dedi poytaxt hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova. Bepul tarqatiladigan forma uchun 1,5 mlrd so‘m mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismidan ajratilgan.
Toshkentdagi 142-maktabda IIB xodimlari o‘quvchilarga soch turmagi uchun tanbeh berdi. Qonunchilikka ko‘ra, soch uzunligi 2−3 sm bo‘lishi lozim. Poytaxt IIBB o‘quvchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani, qolaversa, bolalardan birining yonidan qaychi topilganini qayd etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birida prokuratura maktab formasini majburiy sotib olish uchun tilxat yozdirib olayotgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt prokuraturasi ushbu ma’lumotni tekshirmoqda.
Hukumat 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini to‘liq joriy etishga qaror qildi. Dastlab, buni 2019 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan edi, ammo jamoatchilik noroziligi tufayli muddat 2024 yilga qoldirilgandi. Kam ta’minlangan oilalarga formani xarid qilishga ko‘maklashiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting